Toshkent sudi bar reklamasida yetti qizning keti va oyog‘iga urgan yigitni 5 sutkaga qamadi. U bar reklama uchun pul to‘lamaganini aytib, qilgan ishi qanday oqibatlarga olib kelishini tushunganini bildirdi va holat boshqa takrorlanmasligiga ishontirdi. Bar ma’muriyatiga nisbatan jazo belgilanmadi.
Poytaxtdagi Escada lounge bar yangi yil shousi reklamasi aks etgan videoni e’lon qildi. Unda yigit shou kunlariga mos ravishda yetti nafar qizning ketiga va oyoqlariga zarba berganini ko‘rish mumkin. Toshkentda yashovchi ayol reklama bo‘yicha IIOga ariza kiritdi.
Jahon banki iqtisodchisi ayollar va erkaklar maoshi bo‘yicha tadqiqoti doirasida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda tajriba o‘tkazdi. Tadqiqot xulosasida maosh to‘lashda jinslar o‘rtasidagi farq saqlanib qolayotganiga asosan ayollarga nisbatan shakllangan stereotiplar sababchi ekani aytilgan.
Jahon banki tadqiqotlari O‘zbekistonda ishga qabul qilish jarayonida har ikki jins vakillariga nisbatan birdek kuchli diskriminatsiya mavjudligini ko‘rsatdi. Ish beruvchilar ish qidirayotganlarning jinsi, yoshi va tashqi ko‘rinishiga oid afzalliklarga urg‘u bergan holda, kamsituvchi xarakterga ega bo‘lgan reklama e’lonlarini joylashtiradilar. Tadqiqot mualliflarining ta’kidlashicha, mehnat bozorida gender tengsizligi bilan bog‘liq stereotiplar juda kuchli.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting